Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi faoliyatini to‘xtatadi — Rossiya TIV

Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi faoliyatini to‘xtatadi — Rossiya TIV

"Konsulxona 2025 yil 10 yanvardan boshlab faoliyatini to‘xtatadi. Bu qaror Poznandagi Rossiya bosh konsulxonasining yopilishiga javob chorasi hisoblanadi", deb xabar berdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

Shuningdek, Rossiya TIV Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasini uch nafar diplomatik xodimini persona non grata (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi. Ular konsulxona yopilishidan oldin Rossiyani tark etishi lozim.

Polsha noyabr oxirida "qo‘poruvchilik harakatlariga urinish" ayblovi bilan Poznandagi Rossiya konsulxonasini yopishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 19:07 05.12.2024. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!