Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Polshada Rossiya droni qulab tushdi

Polshada Rossiya droni qulab tushdi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, dron mamlakatning sharqiy qismidagi makkajo‘xori dalasiga qulagan.

Polsha armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, bu jangovar qismi bo‘lmagan, ammo oz miqdorda portlovchi moddasi bor “chalg‘ituvchi dron” bo‘lgan.

"Rossiya yana NATO davlatlariga qarshi provokasiya qilmoqda. Bu Ruminiya, Litva va Latviya hududlaridagi dron hodisalari, shuningdek, deyarli barcha NATO mamlakatlari, ayniqsa Skandinaviya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha, Ruminiya va Bolgariya havo hududlarini buzish kabi ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda", — dedi Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, bu provokasiya ayni jiddiy pallada, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish yoki Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha harakatlar davom etayotgan bir vaqtda ro‘y berdi.

Kiritildi: 22:57 20.08.2025. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!