"Rzeczpospolita" gazetasining xabar berishicha, mamlakatda harbiy buyruqni bajarishdan bosh tortgan askarlarga umrbod qamoq jazosi berilishi aytilmoqda.
Umrbod qamoq jazosiga muqobil sifatida 30 yillik qamoq jazosi ham ko‘rib chiqilyapti. Ayni paytda Polshada jangovar vaziyatda qo‘mondonlik buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinadi.