Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Polsha zo‘rlaganlikda ayblanayotgan shaxsni O‘zbekistonga ekstradisiya qildi

Polsha zo‘rlaganlikda ayblanayotgan shaxsni O‘zbekistonga ekstradisiya qildi

O‘zbekiston va Polsha davlatlari Interpol xodimlarining hamkorlikda olib borgan harakatlari natijasida zo‘rlashda ayblanayotgan jinoyatchi qo‘lga olinib, ekstradisiya qilindi.

2021 yilning avgust oyidan beri huquq-tartibot idoralarimiz tomonidan zo‘rlashda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.N. Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi MMB xodimlari hamkorligida Varshavadan Toshkentga ekstradisiya qilindi. -

Joriy yilning yanvar oyida jinoyatchi Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan edi, mart oyida esa polshalik hamkorlarimiz tomonidan M.N. Polsha hududiga kirganligi haqida xabar keldi.

Shundan so‘ng Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi MMB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxsni aniqlash va qo‘lga olish borasida sa’y-harakatlar boshlab yuborildi va yuborilgan prosessual hujjatlar bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirildi, buning natijasida M.N. ushlandi.

Ekstradisiya talabi qanoatlantirilgandan so‘ng, huquqbuzar munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga qaytarildi.

Kiritildi: 15:09 02.08.2022. O'qildi: 2919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!