Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Polsha yana Belarus orqali noqonuniy migrasiya o‘sishini qayd etmoqda

Polsha yana Belarus orqali noqonuniy migrasiya o‘sishini qayd etmoqda

Belarus Yevropa Ittifoqining sharqiy chegarasiga qochqinlarni yuborishni faollashtirmoqda: faqat dushanba kunining o‘zida Polshada 185 marta noqonuniy chegara buzishga urinish qayd etilgan, dam olish kunlari esa bu raqam 390 ni tashkil etdi. Shu tariqa, joriy yil boshidan beri 20 583 nafar migrantga mamlakatga kirish rad etilgan.

Polsha tomoni nazoratni kuchaytirmoqda — harbiylar, polisiya va chegara xizmatchilari jalb etilmoqda. Yaqinda prezident Andjey Duda ham chegaradagi punktlardan birini borib ko‘rdi. Biroq, bunga qaramasdan, mavjud resurslar yetarli emas. To‘siqlar, dronlar va qurollangan xizmatchilarga qaramay, ba’zi migrantlar hali ham chegaradan o‘tishga urinishmoqda — ko‘p hollarda kuch va tajovuzkorlik bilan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning Minskka yo‘llari asosan Moskva, Doxa, Istanbul va Bengazi orqali o‘tadi. Shu manbalarga ko‘ra, ular avtobuslarda chegaraga olib kelinadi — hatto to‘siqlarni yengib o‘tish uchun vositalar bilan. Kelganlarning aksari rus tilida so‘zlashadi va ular orasida 25 dan 40 yoshgacha bo‘lgan yosh erkaklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Polsha chegarachilarining ta’kidlashicha, so‘nggi vaqtlarda ularga nisbatan hujumlar soni ham ortib bormoqda.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt bu voqealarni Belarus tomonidan «Evropa Ittifoqini beqarorlashtirishga qaratilgan gibrid hujumlar» deb atadi:

«Polsha faqatgina o‘zining Belarus bilan chegarasini emas, balki butun Yevropa Ittifoqining tashqi chegarasini himoya qilmoqda. Biz nihoyat bunday hujumlarga qarshi samarali choralar topishimiz kerak: bunday migrantlarni Afrikadagi xavfsiz uchinchi davlatlarga yuborish lozim. Shunda oqim tezda to‘xtaydi», — dedi u.

Kiritildi: 19:07 17.07.2025. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!