Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Polsha Ukrainaga Patriot raketalarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Polsha Ukrainaga Patriot raketalarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Polsha Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun mo‘ljallangan raketalarning navbatdagi partiyasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rzeczpospolita nashri xabar berdi.

Nashrning hukumat va harbiy doiralardagi manbalariga ko‘ra, Varshava Kiyevga «bir nechta» Patriot raketasini berish niyatida.

Mazkur yetkazib berish NATOdagi ittifoqchilar, jumladan AQSh ma’muriyati bilan muvofiqlashtirilmoqda.

Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi vakillari Polshaning navbatdagi harbiy yordam paketi qiymati 50 million yevroni tashkil etishi va unga havo hujumidan mudofaa vositalari ham kirishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 15:46 16.09.2026. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!