Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Polsha TIV: Turkiya va Xitoy Ukraina bo‘yicha AQSh o‘rniga vositachi bo‘lishi mumkin

Polsha TIV: Turkiya va Xitoy Ukraina bo‘yicha AQSh o‘rniga vositachi bo‘lishi mumkin

Turkiya va Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida AQSh o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Varshavada bo‘lib o‘tgan YEI tashqi ishlar vazirlarining norasmiy yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

"AQSh ishtirokidagi bu [muzokaralar] yo‘li muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, boshqa nomzodlar ham bor. Turkiya bor — u aloqalarni saqlab turibdi. Va, eng avvalo, Xitoy bor", — dedi Sikorskiy Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat rahbari Kaya Kallas bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida. Uning so‘zlari YEI teleradio xizmati orqali jonli efirda uzatildi.

Bungacha turk nashri Hürriyet xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbat chog‘ida uni Ukrainadagi mojaroni hal etishda vositachi sifatida ishtirok etishga chaqirgan. Shuningdek, Tramp 8 may kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Xitoydan ham Moskva va Kiyevning muzokara pozisiyalaridagi farqni bartaraf etishda yordam so‘rashi mumkinligini aytgan.

Kiritildi: 21:39 08.05.2025. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!