Polsha Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar ishlab chiqaruvchi zavodni o‘z hududida joylashtirishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Magdalena Sobkovyak-Charneskaya ma’lum qildi.
"Agar shunday zavodni Ukrainada qurish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, biz uning o‘rniga korxonani Polshada — "xavfsiz hudud" deb ataladigan joyda barpo etishni taklif qildik", — dedi u.
Polsha tomonining aytishicha, bunday loyiha Ukraina AQShdan Patriot raketalarini ishlab chiqarish uchun tegishli lisenziya olgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.