Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Polsha migrantlarni otib tashlamoqchi

A A A
Polsha migrantlarni otib tashlamoqchi

Polsha prezidentligiga nomzod Slavomir Mentzen o‘z partiyasi qurultoyida noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish niyati haqida radikal bayonot berdi, deb yozadi RMF24.

U saylansa, harbiylarga mamlakat çchegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirlarni otib tashlashga buyruq berishini va’da qilgan.

«Agar kimdir Polsha davlati chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga harakat qilsa, uni otib tashlash kerak», degan Mentzen.

Nomzod, shuningdek, Polsha tarixidagi eng faol prezident bo‘lishga, mamlakat uchun noqulay bo‘lgan qonunlarni imzolamaslikka va faqat Polsha xalqi «manfaatlarini» ko‘zlab ish yuritishga va’da berdi.

Kiritildi: 18:48 01.09.2024. O'qildi: 2262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!