Bu haqda Polsha Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
"Chegaradagi shlagbaumlarimiz 98 foiz samara bilan ishlamoqda, bu esa Belarus va Rossiya maxsus xizmatlarini, shuningdek, noqonuniy migrasiyani boshqa yo‘nalishlarga o‘tishga majbur qilmoqda", — deya izoh berdi Polsha ichki ishlar vaziri.
Polsha-Germaniya chegarasidagi tekshiruvlar 7 iyul kuni 52 ta nazorat-o‘tkazish punktida boshlangan. Shunga o‘xshash choralar Litva chegarasida ham joriy etilgan. Chegarani kesib o‘tayotganlarning pasportlari va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari tekshirilmoqda. Polsha chegarachilari ayniqsa avtobuslar, mikroavtobuslar va ko‘p yo‘lovchili avtomobillarga, shuningdek, oynalari qoraytirilgan mashinalarga alohida e’tibor qaratmoqda.
Respublika bosh vaziri Donald Tuskning ta’kidlashicha, bu choralar "nazoratdan chiqayotgan" noqonuniy migrantlar oqimini cheklashga yordam berishi kerak.