Polsha chegarasini kesib o‘tgan ukrainalik qochqinlar soni 2023 yil 10 aprel holatiga ko‘ra 11 million kishidan oshdi.
Faqat 10 aprel, dushanba kuni Ukraina-Polsha chegarasini 20 ming kishi kesib o‘tdi. Bu haqda Polsha Chegara xizmati xabar bermoqda.
Umuman olganda, 9 million 259 ming ukrainalik Polshani tark etib, boshqa mamlakatlarga ketgan.
Polshaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar va bolalar Ukrainadan kelgan qochqinlarning 87 foizini tashkil qiladi.