Evropa Ittifoqi ilk bor Chernogoriya, Ukraina, Moldova va Albaniyaning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralardagi asosiy bosqichlarni yakunlash uchun maqsadli muddatlar belgilashi mumkin.
Bu haqda Politico Yevropa komissiyasining ikki nafar yuqori martabali amaldoriga tayanib xabar berdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Bryussel YEIga a’zo bo‘lish yo‘lida eng ilg‘or nomzodlar uchun bosqichma-bosqich "yo‘l xaritalari" ishlab chiqmoqda.
Ushbu "yo‘l xaritalari" har bir nomzod davlat oldiga qo‘yiladigan talablarni aniqroq belgilab beradi. Shuningdek, ular YEIga a’zo davlatlardan jarayonning keyingi bosqichlariga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishishni talab qiladi.
Politico ma’lumotiga ko‘ra, islohotlar davom ettirilsa, nomzod davlatlar birinchi marta a’zolik bo‘yicha yanada aniq kafolatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, muzokaralarni yakunlash uchun taxminiy muddatlar ham belgilanishi rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda YEIga qo‘shilish jarayoni rasman islohotlar natijalariga asoslanadi. Masalan, Ukraina va Moldova 2026 yilda muzokaralarning bir nechta klasterlarini ochdi, Chernogoriya esa qator boblarni vaqtincha yopdi.