Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Polisiyadan qochishga uringan olti nafar muhojir YTH natijasida halok bo‘ldi

A A A
Polisiyadan qochishga uringan olti nafar muhojir YTH natijasida halok bo‘ldi

Bolgariya janubiy qirg‘og‘ida Burgas shahri yaqinida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida olti nafar noqonuniy muhojir halok bo‘ldi.

Bu haqda Bolgariya milliy radiosi ma’lum qildi.

Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, chegara polisiyasi Kiten shahridan noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan mashinani taxminan 40 km masofada ta’qib qilgan, biroq ular Burgasga yorib kirishga muvaffaq bo‘lgan. Hujjatsiz muhojirlar yo‘l to‘sig‘idan o‘tishga uringan, biroq ularning mashinasi ag‘darilib, ko‘lga tushib ketgan.

Voqea joyida olti kishi halok bo‘ldi, jarohatlangan uch kishi kasalxonaga yotqizildi, Ruminiya fuqarosi bo‘lgan haydovchi jabrlanmagan va hozirda polisiya hibsxonasida.

Voqea haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Kiritildi: 11:10 07.11.2025. O'qildi: 2228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!