Payshanba kuni ertalab Pokistonning Lahor shahrida bir qator portlashlar yuz berdi. Portlashlar Uolton ayeroporti yaqinidagi Gopal-Nagar va Nasirobod hududlaridagi Uolton yo‘lida sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Samaa TV polisiyaga tayanib.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, odamlar vahima ichida ko‘chaga yugurishgan. Portlashlar sodir bo‘lgan hududda tutun bulutlari ko‘rindi.
❕ Telekanalning polisiyadagi manbalariga ko‘ra, ayeroport yaqinida Hindiston uchuvchisiz samolyoti urib tushirilgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, dron xorijdan boshqarildi va razvedka missiyasini - zaif ob’ektlarni kuzatishni amalga oshirgan.
Chorshanba kuni ertalab va tushgacha Lahor va Sialkotda bir nechta havo yo‘llari vaqtincha yopildi. Cheklovlar Pokiston xalqaro aviakompaniyasining parvozlar jadvalini buzdi.
Avvalroq, chorshanbaga o‘tar kechasi Hindiston harbiy-havo kuchlari Pokistondagi nishonlarga va Kashmirning Islomobod nazorati ostidagi hududlariga havodan zarbalar bergani xabar qilingandi. Hindiston tomoni zarbalar Pahalgam hujumiga aloqador infratuzilmani nishonga olganini aytdi.
OAVning Pokiston rasmiylariga tayanib xabar berishicha, zarbalar natijasida kamida 26 kishi halok bo‘lgan, 46 kishi yaralangan.
Hindiston polisiyasiga ko‘ra, bunga javoban Pokistonning Kashmirdagi o‘qqa tutilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi jarohatlangan.
Mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlik 22 aprel kuni Hindiston shimolida sodir etilgan hujumdan keyin boshlangan. Keyin bir guruh jangarilar sayyohlarga qarata o‘t ochgan. 26 kishi halok bo‘ldi. Hindiston hukumati hujumda Pokistonni aybladi.