The Wall Street Journal xabar berishicha, Donald Tramp ma’muriyati AQSh maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Djared Kushnerning Pokistonga rejalashtirilgan safari bekor qilgan.
Ushbu safar Eron bilan bog‘liq muzokaralarni davom ettirish va vositachilik qilish maqsadida tashkil etilgan edi. Ammo Oq uy qarorni orqaga qaytarib, tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar hali ham juda katta ekanini ta’kidlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasidagi asosiy ziddiyatlar yadroviy dastur, iqtisodiy bosimlar va Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
AQSh tomoni muzokaralarda oldin siljish yo‘qligini qayd etib, diplomatik jarayon hozircha to‘xtab qolganini bildirmoqda.