Qurbonlarning besh nafari polisiyachi va sakkiz nafari tinch aholi hisoblanadi. Bundan tashqari bir necha kishi jarohatlangan
Hodisa 2 avgust kuni Afg‘oniston bilan chegaradosh Xaybar-Paxtunxva provinsiyasida sodir bo‘lgan. Xudkush terrorchi polisiya bo‘linmasiga kirish qismida to‘xtatilgan. Huquq-tartibot xodimlari uni tekshirayotganida portlovchi moslama ishga tushirilgan.
Portlash provinsiyada avj olayotgan zo‘ravonliklarga qarshi chora ko‘rishni talab qilgan yuzlab namoyishchilar yonida yuz bergan. Portlash oxirgi notiq nutq so‘zlayotganida sodir bo‘lib, omma orasida sarosima keltirib chiqargan.
Pokiston Afg‘onistonning “Tolibon” hukumatini chegara orqali hujumlar rejalashtirayotgan jangarilarga boshpana berishda ayblab keladi, Kobul esa bu ayblovlarni rad etadi.