Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pokistondagi halokatli sellar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq

Pokistondagi halokatli sellar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq

Pokistonda iyun oxiridan iyul oxirigacha yog‘gan kuchli musson yomg‘irlari natijasida yuz bergan sellar odam qo‘li bilan kuchaygan iqlim o‘zgarishi ta’sirida yanada og‘irlashgan. Bu haqda World Weather Attribution (WWA) xalqaro olimlar guruhi ma’lum qildi.

Tadqiqotga ko‘ra, yomg‘ir miqdori iqlim o‘zgarishi sabab 10–15% ko‘proq yog‘gan. Natijada shahar va qishloqlarda ko‘plab uylar qulagan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 26 iyundan beri kamida 300 kishi halok bo‘lgan, 1 600 uy zarar ko‘rgan.

Pokistonning Xunza daryosi bo‘yida yashagan tadbirkor Soqib Hasan uyi va 18 qarindoshining uylari suv ostida qolganini, chorvasi ham yo‘q bo‘lganini aytib, zarar 100 mln rupiy (360 ming dollar)ga yetganini bildirdi.

WWA hisobotida har bir 0,1°S isish musson yomg‘irlarini yanada kuchaytirishi qayd etilgan. Olimlar fuqarolarni himoya qilish uchun selga chidamli uylar qurish va xavfli hududlarda qurilishni cheklash zarurligini ta’kidladi.

Pokiston global issiqlikka olib keluvchi gazlar chiqarishning 1%dan kamiga javobgar bo‘lsa-da, iqlim o‘zgarishi oqibatlaridan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan mamlakatlar qatorida.

Kiritildi: 18:34 11.08.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!