Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pokistondagi bozorda portlash yuz berdi, 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistondagi bozorda portlash yuz berdi, 10 kishi halok bo‘ldi

Reuters agentligining Pokiston polisiyasiga tayanib xabar berishicha, mamlakat shimoli-g‘arbidagi bozorda yuz bergan kuchli portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 8 nafari tinch aholi va 2 nafari polisiyachi bo‘lgan. Hodisada qo‘lbola portlovchi qurilma ishlatilgan. Qutqaruv xizmati esa taxminan 30 kishi yaralanganini, og‘ir jarohatlanganlar Bannu shahridagi shifoxonalarga yetkazilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni Pokistonning Bannu shahrida polisiya postiga uyushtirilgan hujumda 15 nafar polisiyachi halok bo‘lgan edi.

Pokiston hukumati bu hujumlarda Afg‘oniston hududida joylashgan jangarilarni ayblab, Kobulga norozilik bildirgan. “Tolibon” hukumati esa bu da’volarni “asossiz” deb rad etgan.

Kiritildi: Bugun 14:09. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!