Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Pokistonda terrorchilar yo‘q qilindi

Pokistonda terrorchilar yo‘q qilindi

Pokiston xavfsizlik kuchlari tomonidan Balujistonning Turbat tumanida o‘tkazilgan operasiya davomida kamida uch nafar terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda Pokiston OAV mamlakat mudofaa idorasiga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, razvedka ma’lumotlariga asoslangan operasiya terrorchilar mavjudligi haqidagi xabarlar munosabati bilan o‘tkazilgan.

"Amaliyot davomida Pokiston qo‘shinlari jangarilar joylashgan hududni samarali o‘qqa tutdi, natijada uch nafar terrorchi o‘ldirildi," - deyiladi Pokiston Mudofaa vazirligi bayonotida.

Yo‘q qilingan terrorchilardan qurol va o‘q-dorilar musodara qilindi.

Kiritildi: 19:11 29.04.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!