Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Pokistonda sud binosi portlatib yuborildi, Tolibon aybdormi?

Pokistonda sud binosi portlatib yuborildi, Tolibon aybdormi?

Pokistondagi Kachehri mahkamasi oldida portlash sodir bo‘lib, kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.

Geo News xabariga ko‘ra, bomba sud binosi yonida to‘xtab turgan mashinada portlatilgan.

Jabrlanganlar orasida da’vogarlar va advokatlar ham bor. Voqeadan so‘ng sud binosi evakuasiya qilindi: ichkaridagilar orqa eshikdan kuzatib qo‘yildi, sud jarayonlari to‘xtatildi.

Portlash sodir bo‘lgan joyga Islomobod bosh inspektori o‘rinbosari, bosh komissar va ekspertiza guruhi yetib kelgan. Qutqaruvchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarni shifoxonalarga yetkazishgan.

Poytaxtdagi PIMS tibbiyot muassasasida favqulodda holat e’lon qilindi.

Kiritildi: 07:15 12.11.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!