Pokistonning shimoliy G‘arbidagi Xayber-Paxtunxva provinsiyasi, Kurram tumanidagi blok-postga qo‘llanilgan qurolli hujumda 6 harbiy halok bo‘ldi. Yana 2 harbiy jarohatlandi.
Havfsizlik kuchlari hujumchi 12 jinoyatchini yo‘q qildi.
Bu hududlarda, ayniqsa Afg‘oniston chegarasiga yaqin Xayber-Paxtunxva va Beludjistonda, qurolli tuzilmalar harbiylar va tinch aholiga hujum qilish holatlari tez-tez kuzatiladi.
Pokiston rasmiylari «Tehrik-i-Taliban Pokiston»ni (TTP) ayblamoqda, gohida Afg‘oniston hududidan terrorchilik harakatlarini rejalashtirishi aytiladi. Beludjistonda esa «Beludjiston ozodlik armiyasi» (BLA) hududning Pokistondan ajratilishini talab qiladi.