Qurollangan shaxslar Pokistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Peshovar shahridagi ob’ektga bostirib kirganlarida o‘t ochgan. Shundan keyin esa majmua ichida o‘zlarini portlatib yuborgan. Hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va kamida besh kishi yaralandi
Reuters agentligi manbalarining aytishicha, binoda ikki nafar xudkush terrorchi bomba portlatgan.
"Avval birinchi xudkush terrorchi polisiya binosining bosh kirish qismiga hujum qildi, bu paytda ularning ikkinchisi majmua hududiga kirib oldi. Huquq-tartibot organlari xodimlari, jumladan, armiya va polisiya, hududni o‘rab oldi va vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, chunki shtab-kvartira ichida terrorchilar bo‘lishi mumkin deb gumon qilamiz", — dedi ismini oshkor etmagan rasmiy.
Besh nafar yarador, jumladan, ikki nafar harbiy Lady Reading Hospital shifoxonasiga yetkazildi.
Chegara polisiyasining shtab-kvartirasi Peshovarning aholi gavjum hududida joylashgan.