Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Pokistonda musson yomg‘irlari qurbonlari soni 300 nafarga yetdi

A A A
Pokistonda musson yomg‘irlari qurbonlari soni 300 nafarga yetdi

Pokistonda iyun oyidan beri davom etayotgan kuchli musson yomg‘irlari qurbonlari soni 299 nafarga yetdi, deya xabar beradi Anadolu.

26 iyundan beri kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida 299 kishi halok bo‘ldi, ulardan 140 nafari bolalar, yana 715 nafari jarohatlandi, deya xabar berdi PTV News davlat televideniyesi Pokistonning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasiga (NDMA) tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarda 1676 ta uy zarar ko‘rgan, ulardan 562 tasi butunlay vayron bo‘lgan. Tabiiy ofat zonalaridan 2889 kishi evakuasiya qilingan, zarar ko‘rgan hududlarda gumanitar operasiyalar davom etmoqda.

Kiritildi: 12:45 04.08.2025. O'qildi: 1526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!