Pokistonning Peshovar shahrida maktab tomining qulab tushishi oqibatida 35 kishi, jumladan, 34 nafar bola va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi. 45 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda «Jeo TV» favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Fojia 15 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Halok bo‘lgan bolalarning aksariyati 13 yoshga to‘lmagan. Qutqaruv ishlari to‘rt-besh soat davom etgan.
Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, maktab tomi sifatsiz qurilgan bo‘lishi mumkin. Bino aholi zich yashaydigan hududda joylashgani va tor ko‘chalar qutqaruv ishlarini qiyinlashtirgan. Hodisa vaqtida maktabda 110 nafar o‘quvchi bo‘lgan.
Fojia yuzasidan jinoiy tergov boshlangan. Maktab egasi hibsga olingan.