Pokistonda xususiy maktab tomining qulab tushishi oqibatida 18 kishi, jumladan, 17 nafar bola va bir nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Express Tribune nashri xabar berdi.
Hodisa payshanba kuni sodir bo‘lgan. Jabrlanganlardan 30 nafardan ortig‘i shifoxonaga yetkazilgan.
Avvalroq Dawn gazetasi fojia oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani va 20 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik qurbonlar soni 18 nafarga yetgan.