Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Pokistonda kecha garovga olingan poyezd yo‘lovchilarining 155 nafari ozod qilindi — Reuters

Pokistonda kecha garovga olingan poyezd yo‘lovchilarining 155 nafari ozod qilindi — Reuters

Agentlik bu haqda mamlakat xavfsizlik organlaridagi manbalariga tayanib xabar bermoqda. Pokiston maxsus kuchlari garovda ushlab turilgan odamlarni ozod qilish operasiyasini davom ettirmoqda.

11 mart kuni “Balujiston Ozodlik Armiyasi” ayirmachi qurolli guruhi Pokistonning janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdiga hujum qilib, mashinistni yaralagan va yo‘lovchilarni garovga olgan edi. AFP xabariga ko‘ra, 450 kishi garovga olingan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, hujum paytida poyezdda 425 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Reuters'ning yozishicha, ayirmachilar siyosiy mahbuslar, faollar va Balujistondan bedarak yo‘qolganlar 48 soat ichida ozod qilinmasa, garovdagilarni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.

Kiritildi: 12:12 12.03.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!