Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Sobiq bosh vazir Ali Loraed 34 yilga qamaldi

Sobiq bosh vazir Ali Loraed  34 yilga qamaldi

Tunisda sobiq bosh vazir Ali Loraed terrorizmga oid ayblovlar bo‘yicha 34 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ali Loraed 2011–2013 yillarda ichki ishlar vaziri, 2013–2014 yillarda esa bosh vazir lavozimida ishlagan, shuningdek, u «An-Nahda» partiyasining yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Sud hukmiga ko‘ra, u jangarilarni Tunis tashqarisidagi mojaroli hududlarga yuborish bilan bog‘liq ishda aybdor deb topilgan.

Ali Loraed 2022 yildan beri hibsda saqlanmoqda. Shu ish doirasida yana 7 kishi 18 yildan 36 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. 2024 yil fevral oyida esa "An-Nahda" partiyasi rahbari va sobiq parlament spikeri, 83 yoshli Roshid al-Gannushiy ham 22 yil qamoq jazosini olgan edi.

Kiritildi: 10:08 04.05.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!