Hujumchilar dastlab temir yo‘lni portlatishgan, keyin esa mashinistini o‘qqa tutib ichida 450 nafar yo‘lovchi bo‘lgan poyezdni to‘xtatib olishgan.
Keyinroq, jangarilar yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgan, garovda faqat pokistonlik harbiy xizmatchilar qolgan, deb yozmoqda Times of Inda.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni “Balujiston ozod armiyasi” o‘z zimmasiga olgan. Ayni damda ularning qo‘lida 100ga yaqin odam qolmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.