Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Pokistonda ikki poyezd to‘qnashdi: kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda ikki poyezd to‘qnashdi: kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Dushanba kuni Pokiston janubida ikki poyezd to‘qnashuvi natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, qurbonlar haqida mahalliy ARY News xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita tezyurar poyezd Sind viloyatining Gotki shahri yaqinidagi temir yo‘l stansiyalari o‘rtasida to‘qnashgan. Temir yo‘l vakilining so‘zlariga ko‘ra, bitta poyezd relsdan chiqib ketgan ikkinchi poyezdga urilgan.

Mahalliy hukumat vakili, okrug komissari Usmon Abdulla to‘qnashuvda kamida 30 yo‘lovchi halok bo‘lganini tasdiqladi va yana bir necha kishi vayronalar ostida qolganini qo‘shimcha qildi.

Voqea joyiga polisiya va qutqaruvchilar yetib kelishdi. To‘qnashuvdan so‘ng, mintaqada poyezdlar to‘xtatilgan.

Kiritildi: 08:40 07.06.2021. O'qildi: 2173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!