Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pokiston O‘zbekistonga go‘sht yetkazishni boshladi

A A A
Pokiston O‘zbekistonga go‘sht yetkazishni boshladi

Pokiston O‘zbekistonga go‘sht yetkazishni boshladi

40 ming dollarlik go‘shtning birinchi partiyasi (18 tonna) kelasi hafta Toshkentga yetib keladi. Mart oyida yana 50 ta konteynerda go‘sht (jami 900 tonna) jo‘natilishi kutilmoqda.

Pokistonning Shaheen kompaniyasi rahbari Malik Sher Xonning ta’kidlashicha, Pokiston imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilganidan keyin O‘zbekiston bozoriga diqqat bilan qaray boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazish imkoniyati borligini ta’kidlab, Transafg‘on temir yo‘lini yanada rivojlantirishga kelishib olgan edi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston bir necha yillardan buyon transport yo‘nalishlarini diversifikasiya qilish va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish choralarini ko‘rmoqda. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” t/y qurilishi Pokistonni Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan, O‘zbekistonni Karachi, Gvadar va Qosim portlariga olib chiqadigan eng yaqin, arzon va xavfsiz yo‘lak yaratadi. Bu temir yo‘l mintaqalarimiz qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuboradi.

Bundan tashqari, 2021 yil noyabr oyida O‘zbekistondan birinchi tranzit yuk Pokistonga yetib borgan edi. Pokiston tomoni buni “hamkorlikning yangi davrining boshlanishi” deb baholadi.

Ko‘p o‘tmay Pokiston O‘zbekistondan yuk tashuvchilar uchun bojxona tartib-taomillarini soddalashtirdi — yuk mashinalari kirish to‘lovi bo‘yicha depozit to‘lamasdan mamlakatga kirishi mumkin.

Kiritildi: 18:52 13.03.2022. O'qildi: 6359 marta. Fikrlar soni: 46 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!