Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi yadro urushiga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif Geo News telekanaliga bergan bayonotida ma’lum qildi.
“Agar ular (Hindiston hukumati – tahr.) mintaqani total urush zonasiga aylantirsa va xavfsizlikka tahdid mavjud bo‘lsa, u holda har qanday vaqtda yadro urushi boshlanishi mumkin”, - dedi u.
Asifning ta’kidlashicha, agar Nyu Dehli hukumati Pokistonni yadroviy urushga undasa, Hindiston buning oqibatlariga duch kelishi kerak.