Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari qachon oshirilishi ma’lum bo‘ldi

Pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari qachon oshirilishi ma’lum bo‘ldi

2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Bunda:

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m etib;
nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m etib;

kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m; oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;

oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m etib;

kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib;

fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.

2025 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

Bazaviy miqdorlarni belgilash

Quyidagilar:

2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib;

2025 yil 1 avgustdan boshlab: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m; bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilanadi.

Kiritildi: 12:01 03.06.2025. O'qildi: 1353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!