Uning aytishicha, harbiy uchuvchilar Zishan Ali va Xurram Dovud kosmik parvozga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hozircha ulardan qaysi biri parvoz uchun tanlanishi ma’lum emas.
Tanlangan nomzod Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasida yuklama bo‘yicha mutaxassis vazifasini bajaradi va ilmiy tajribalar o‘tkazadi.
Pokiston va Xitoy oyni o‘zlashtirish dasturi doirasida ham hamkorlik qilmoqda. 2028 yilda Xitoy kosmik kemasi Pokistonning oy yuruvchi robotini Yerning tabiiy yo‘ldoshiga yetkazishi rejalashtirilgan.
Pokiston 2035 yilga kelib insonni Oyga jo‘natishni ham maqsad qilgan.