Pokiston hozirda yadroviy quroldan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti — mamlakat mudofaa vaziri Havaja Asif.
Shu bilan birga Pokiston tashqi ishlar vaziri Hindiston harbiy harakatlarni to‘xtasa, Islomobod tinchlik jarayonini boshlash ehtimolini ko‘rib chiqishini bildirdi.
"Biz chin dildan tinchlikni xohlaymiz, chunki bizning maqsadimiz odamlarning halok bo‘lishi yoki vayronagarchiliklar keltirish emas, balki hech bir davlatning gegemonligisiz yashash. Biz buni amalda ko‘rsatdik", — dedi Pokiston TIV rahbari Is’hoq Dar.