Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Pokiston Hindistonning ayblovlariga javob qaytardi

Pokiston Hindistonning ayblovlariga javob qaytardi

Pokiston Senati (parlament yuqori palatasi) bir ovozdan Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir hududida sodir etilgan teraktda Islomobodning rolini inkor qiluvchi rezolyusiyani qabul qildi, deya xabar beradi Dawn portali.

“Pokiston o‘z nomini Pahalgam shahridagi hujum bilan asossiz bog‘lash bo‘yicha hech qanday urinishlarni tan olmaydi”, — deya hujjatdan parchalarni keltiradi portal.

Hujjatda aytilishicha, Senat Hindiston hukumatining “Pokistonni yomon ko‘rishga qaratilgan manipulyasiya, insofsiz kampaniyasini” ham qoraladi. Islomobod "Dehli terrorizm masalasidan" o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda, deb hisoblaydi.

Rezolyusiyada, shuningdek, “Hind suvlari to‘g‘risidagi shartnomaning noqonuniy va bir tomonlama to‘xtatilishi ham qoralangan, bu shartnomani buzish hisoblanadi va urush harakati bilan tengdir”. Qarorda qayd etilishicha, Pokiston o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiladi.

Avvalroq Pokiston Mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif Sky News telekanaliga bergan intervyusida “Agar keng ko‘lamli hujum yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lsa, keyin to‘liq miqyosli urush shubhasiz sodir bo‘ladi”, deb aytgan edi.

"Ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi to‘qnashuv har doim tashvishga sabab bo‘ladi”, - deydi Asif.

Kiritildi: Bugun 07:15. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!