Hindiston bilan chegarada jiddiy faollik kuzatilmoqda.
So‘nggi mojarodan beri birinchi marta Pokiston Hindiston bilan chegaraga qo‘shimcha qo‘shinlarni joylashtirmoqda.
Kecha Hindistonda, bugun Pokistonda portlashlar bo‘ldi. Islomobodda yuz bergan portlash oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohatlandi, deya polisiyadagi manbalarga tayanib, Geo News xabar berdi.
Hindiston poytaxti Dehlida ham portlash yuz bergandi. Xudkush terrorchi avtomobilni portlatishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgandi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Hindistonni Islomoboddagi portlash va Afg‘oniston chegarasida joylashgan kursantlar kollejiga hujum qilishda aybladi.