Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Pokiston Harbiy-havo kuchlari Afg‘onistonda joylashgan "Tehrik-e-Tolibon Pokiston" ("Pokiston Toliboni harakati") guruhi jangarilarining lagerlariga havo zarbalari berdi

A A A
Pokiston Harbiy-havo kuchlari Afg‘onistonda joylashgan "Tehrik-e-Tolibon Pokiston" ("Pokiston Toliboni harakati") guruhi jangarilarining lagerlariga havo zarbalari berdi

Qayd etilishicha, havo hujumlari nishoni Pokiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan Laman (Paktika viloyati) va Pasa Mella (Xost viloyati) aholi punktlari bo‘lgan.

Zarbalar 16 mart kuni Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyatining Mir Ali shahridagi harbiy bazaga uyushtirilgan va yetti nafar pokistonlik askar halok bo‘lgan hujumdan keyin berilgan. Ma’lum qilinishicha, hujumni “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” guruhi a’zolari amalga oshirgan.

Reuters agentligi Afg‘onistondagi hukmron "Tolibon" harakati vakillariga tayanib, Pokistonning Afg‘oniston hududiga uyushtirgan ikki havo hujumi oqibatida sakkiz nafar ayol va bola halok bo‘lganini bildirdi.

"Tolibon" harakati, shuningdek, mamlakat hududiga berilgan aviazarbalarga javoban Pokistonga zarbalar berilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:46 18.03.2024. O'qildi: 923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!