Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pokiston Germaniyadan taklif olgan afg‘onlarni ushlashni boshladi

Pokiston Germaniyadan taklif olgan afg‘onlarni ushlashni boshladi

Germaniya va Pokiston o‘rtasida 2021 yili Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin boshlangan muammo yana avj oldi — diplomatik mojaro kelib chiqdi. Gap shundaki, 2500 dan ortiq afg‘on fuqarosi Germaniyaga kirish uchun rasmiy ruxsat olgan, ammo Islomobodda qolib ketgan. Germaniya bu odamlarni qabul qilishga va’da bergan, ammo hujjat va xavfsizlik tekshiruvlari tufayli jarayon uzoqqa cho‘zilgan.

Ko‘plab afg‘onlar Pokistonda vizalari muddati tugagan holda yashamoqda. Pokiston esa ularning noqonuniy qolishiga qarshi.

WELT nashriga ko‘ra, Germaniyaning Federal migrasiya xizmati (BAMF) va polisiya organlari chiqishdan oldingi tekshiruvlarni juda sekin amalga oshirmoqda — odamlar o‘rtacha 8 oy kutishga majbur. Pokiston hukumati Germaniyaga afg‘onlarni chiqarib ketish uchun ikki marta oxirgi muddat belgilagan, so‘nggisi 30 iyunda tugagan. Bu muddat yaqinlashganda polisiya afg‘onlar yashaydigan uylarga reydlar boshlagan.

Manbalarga ko‘ra, taklifnomasi bor 150 nafarga yaqin afg‘on deportasiya lagerlariga jo‘natilgan. Ulardan ba’zilarini keyinchalik qaytarib olishga muvaffaq bo‘lingan, ammo vaziyat hali ham keskinligicha qolmoqda. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi hozircha ularni chiqarib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik uchun aralashmoqda.

Kiritildi: 13:24 13.07.2025. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!