Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pokiston Falastinga 200 tonnaga yaqin gumanitar yordam yuboradi

Pokiston Falastinga 200 tonnaga yaqin gumanitar yordam yuboradi

Pokiston hukumati og‘ir ahvolga tushib qolgan Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 tonna gumanitar yordam jo‘natilishini ma’qulladi.

Bu haqda Islom Respublikasi Axborot vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yaqin ikki kun ichida Iordaniya va Misrga zaruriy buyumlar va oziq-ovqatlar bo‘lgan ikkita yuk samolyoti yuborilishi kutilmoqda. Pokistonning ushbu mamlakatlardagi elchilariga Falastinning jangovar harakatlardan jabrlangan hududlariga keyingi gumanitar yuklarni yetkazib berishni muvofiqlashtirish topshirildi.

"Pokiston hukumati Falastin xalqini hozirgi og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi”, — deyiladi hukumat bayonotida.

Kiritildi: 08:40 30.07.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!