Pokiston hukumati Hindiston bilan munosabatlarning tobora keskinlashayotgani sababli BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirishni so‘rashga qaror qildi.
TASS diplomatik manbaga asoslanib xabar berishicha, yig‘ilish sanasi hali belgilanmagan.
Bundan oldin Hindiston Mudofaa vazirligi Pokiston tomonidan nazorat chizig‘ida o‘t ochishni to‘xtatish tartibining buzilganini ma’lum qilgan edi.