Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Pokiston Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi terrorchilar lagerlariga zarba berdi

Pokiston Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi terrorchilar lagerlariga zarba berdi

Pokiston Qurolli kuchlari yakshanbaga o‘tar kechasi Afg‘onistonning Qandahor viloyati hududida joylashgan jangarilar pozisiyalari va boshpanalariga bir qator zarbalar berdi.

Bu haqda Pokiston axborot va teleradioeshittirish vaziri Attaulla Tarar ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, operasiya davomida Pokiston armiyasi Qandahorda joylashgan texnik qo‘llab-quvvatlash ob’ektlari va omborlarni ham yo‘q qilgan. Bu ob’ektlar afg‘on Tolibon harakati hamda Tehrik-i-Tolibon Pokiston (hozirgi nomi — «Fitna al-Xavorij») jangarilari tomonidan Pokistondagi tinch aholiga qarshi hujumlarni tashkil etish uchun ishlatilgani aytilmoqda.

Vazirning ta’kidlashicha, zarbalar natijasida jangarilarning texnik uskunalari saqlangan yerosti tunneli ham vayron qilingan.

Eslatib o‘tish joiz, 13 mart kuni Afg‘oniston mudofaa idorasi Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati va poytaxt Islomobod hududidagi harbiy ob’ektlarga zarba berilganini ma’lum qilgan edi. Pokiston armiyasi esa barcha uchuvchisiz apparatlar ushlab qolinganini va ular belgilangan nishonlarga yeta olmaganini bildirgan.

Shundan so‘ng Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy Kobul «qizil chiziqdan o‘tganini» ta’kidlagan.

Kiritildi: 23:17 15.03.2026. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!