Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Pokiston Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi. Qurbonlar bor

A A A
Pokiston Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi. Qurbonlar bor

Pokiston 18 mart kuni Afg‘onistonning bir qancha viloyatlariga havo hujumlari uyushtirdi. Bu haqda Tasnimnews xabar berdi.

Bu yerda “Pokiston Tolibon”lari joylashgani aytilmoqda. Hujumda, Leman hududidagi bir uy nishonga olingan, u yerdagi sakkiz nafar ayol va bolalar halok bo‘lgan.

Paktiya viloyati aholisi nizo mahalliy vaqt bilan soat yettida boshlangani va hudud aholisi Pokistondan otilgan raketalar tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘lganini aytmoqda.

“Tolibon” munosabati

“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Pokistonning Paktika va Xost viloyatlaridagi chegara hududlariga havo hujumi uyushtirganini tasdiqladi va sakkiz kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Hujumlarda “Pokiston Tolibon”lari o‘rniga qochqinlar uylari nishonga olingani, natijada ayollar va bolalar halok bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

“Bunday hujumlar Afg‘oniston suverenitetini buzish hisoblanadi va bu davlat nazorat qila olmaydigan yomon oqibatlarga olib keladi. U Pokistonning yangi hukumatidagi harbiy generallarning shafqatsiz xatti-harakatlari tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni buzmaslikni so‘raymiz”, — dedi Mujohid.

Havo hujumlaridan so‘ng Durand chizig‘ida to‘qnashuvlar boshlangan. “Tolibon” Dand-o-Patan viloyati (Paktiya) hududidan Pokiston hududini artilleriya va minomyotlardan o‘qqa tutmoqda, pokistonliklar bunga javob qaytarmoqda.

Kiritildi: 13:31 18.03.2024. O'qildi: 1311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!