Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Pokiston Afg‘oniston hududiga berilgan havo zarbalarida 26 nafar jangari o‘ldirilganini e’lon qildi

Pokiston Afg‘oniston hududiga berilgan havo zarbalarida 26 nafar jangari o‘ldirilganini e’lon qildi


10 iyunga o‘tar kechasi Pokiston Afg‘oniston hududiga navbatdagi havo zarbalarini berdi. Bu haqda xabar bergan Pokiston axborot vaziri Attaulla Tararga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 26 nafar jangari o‘ldirilgan.

Tarar harbiylar chegara bo‘ylab Pokiston Tolibonining yashirin joylari va xavfsiz boshpanalarini nishonga olgan holda aniq zarbalar berganini bildirdi.

Tarar Pokistonning zarbalarini ishonchli razvedka ma’lumotlariga asoslangan, puxta hisob-kitob qilingan va aniq yo‘naltirilgan zarbalar deb ta’rifladi.

Ammo Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumatining matbuot kotibi Zabihulla Mujohid qurbonlar orasida tinch aholi vakillari borligini qayd etdi. Mujohidga ko‘ra, Kunar, Xost va Paktika provinsiyalariga Pokiston uyushtirgan hujumlar oqibatida 11 bola, bir ayol va bir keksa kishi halok bo‘lgan. Yana 14 nafar ayol va bolalar jarohatlangan.

Kiritildi: Bugun 08:11. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!