Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Podolyak: "Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish uchun, birinchi navbatda, ularni olib borish qoidalarini aniqlash kerak"

Podolyak: "Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish uchun, birinchi navbatda, ularni olib borish qoidalarini aniqlash kerak"

Ukraina Rossiya bilan muzokaralar olib borish uchun avvalo bu muzokaralarni olib borish qoidalarini aniqlash kerak, deb hisoblaydi.

Bu haqda Sharqiy Yevropa hisobot byurosiga bergan intervyusida Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya muzokaralarga tayyorligini e’lon qiladi, biroq ultimatum ko‘rinishida hududlarning katta qismi va tashqi va ichki siyosatni amalga oshirishning subektiv huquqidan voz kechishni talab qiladi.

Podolyakning fikricha, haqiqiy muzokaralar uchun front chizig‘iga, Rossiya hududiga, harbiy ob’ektlarga, logistika infratuzilmasiga ko‘proq zarba berish va shunga mos ravishda urushni Rossiya Federasiyasi hududiga o‘tkazish kerak.

"Bu davlatga nisbatan sanksiyalar yanada qattiqroq bo‘lishi kerak, Yevropa kompaniyalari Rossiya bozorini tark etishi, rasmiy Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga imkon beradigan davlatlar, jumladan, sobiq SSSR davlatlari ham muayyan sanksiyalarga duchor bo‘lishi kerak", — dedi u.

Kiritildi: 17:23 04.11.2024. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!