Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Piyodalar uchun yangi turdagi o‘tish joylari tashkil etiladi

Piyodalar uchun yangi turdagi o‘tish joylari tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan 2022−2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Unga muvofiq quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:

✅yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzuvchilarga, og‘ir oqibatlarga olib kelgan yo‘l-transport hodisalarini sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish;

✅«Yo‘l — piyoda uchun» tamoyilini keng joriy etish;

✅qoniqarsiz holati YTHga, ayniqsa o‘limga olib kelgan yo‘l yoki muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi ob’ektlari tasarrufida bo‘lgan tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy zararni undirish tartibini joriy etish;

✅piyodalar uchun yangi turdagi o‘tish joylarini tashkil etish;

✅shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘laklariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatish;

✅jamoat va maxsus transport uchun alohida harakatlanish yo‘l polosasi va zamonaviy velosiped yo‘lkalarini tashkil etish.

Kiritildi: 14:34 03.12.2021. O'qildi: 2828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!