Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Pit Hegset messenjerda maxfiy ma’lumotlarni oshkor qildimi?

Pit Hegset messenjerda maxfiy ma’lumotlarni oshkor qildimi?

Pentagon Hegset Signal messenjeridagi chatda husiylarga berilgan zarbalar haqida ma’lumot joylab, amerikalik harbiylarni xavf ostiga qo‘ygan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

CNN va ABC News manbalariga ko‘ra, Pentagon bosh inspektori idorasi tekshiruv yakunlari bo‘yicha shunday xulosaga kelgan.

Pentagon rahbari Pit Hegset messenjerda tarqatgan ma’lumot maxfiy maqomiga ega bo‘lgan. Hisobotda aytilishicha, vazir axborotni maxfiylikdan chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, Signal messenjeridan foydalanmasligi kerak edi.

Inspektorga ko‘ra, AQSh Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli rasmiylari bu borada yanada yaxshi tayyorlangan bo‘lishi shart.

Hegset yuborgan xabarlarda Yaman husiylariga qarshi rejalashtirilgan harbiy zarbalar haqida aniq ma’lumotlar bo‘lgan. Ular shu qadar batafsil ediki, ulardan birida: "Mana hozir ayni shu payt birinchi bombalar tushadi", deb yozilgan edi.

Hisobotda, shuningdek, Hegset AQSh zarbalari tafsilotlarini bunday ma’lumotlardan xabardor bo‘lishga ruxsati bo‘lmagan boshqa shaxslar bilan ham bo‘lishgani qayd etilgan. CNN'ning eslatishicha, Hegset bu ma’lumotlarni xotini, akasi va shaxsiy advokati qatnashgan chatda ham yozgan.

CNN manbalariga ko‘ra, Hegset bosh inspektor bilan suhbatlashishdan bosh tortgan va voqea bo‘yicha o‘z versiyasini yozma ravishda taqdim etgan. Vazir o‘z bayonotida chatda bo‘lishgan ma’lumot maxfiy bo‘lmaganini va u oshkor etilganda harbiylarni xavf ostiga qo‘yilmaganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 19:09 04.12.2025. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!