Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Pirotexnika buyumlari muomalasi Qonun bilan tartibga solindi

Pirotexnika buyumlari muomalasi Qonun bilan tartibga solindi

“Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1111-son, 13.01.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qonunga ko‘ra, pirotexnik tarkibning yonishi (portlashi) yordamida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlaridir.

⏭️ Pirotexnika buyumlari ularning xavflilik zonasi, shu jumladan atrofdagi fazoning zararlanish darajasidan kelib chiqib, xavflilikning I – V sinflariga bo‘linadi.

✅ O‘zbekistonda xavflilikning I sinfiga kiruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish, tayyorlash, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tashish, o‘tkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.

⛔️ O‘zbekistonda xavflilikning II – V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tashish, jo‘natish, o‘tkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

🏛 Pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, ichki ishlar va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: Bugun 18:28. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!