Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pezeshkiyan: AQSh va Isroil islom olamini bo‘lib tashlashga urinmoqda

Pezeshkiyan: AQSh va Isroil islom olamini bo‘lib tashlashga urinmoqda

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan Saudiya Arabistoni, BAA va Pokiston yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatlarda mintaqadagi vaziyat, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘llari muhokama etildi.

Saudiya valiahdi Muhammad bin Salmon bilan suhbatda Pezeshkian:

«Biz AQSh bilan qarama-qarshiliklarni xalqaro huquq asosida hal qilishga tayyormiz. Eron do‘st davlatlar tomonidan har qanday qo‘llab-quvvatlashni olqishlaydi», — dedi.

Shu bilan birga, u AQSh va Isroilni islom davlatlari o‘rtasida adovat urug‘ini sochishda aybladi.

Saudiya valiahdi javoban ta’kidladi:

«Mintaqadagi hech bir davlat Eronga qarshi havo makonini ochmagan va ochmaydi. Saudiyadagi AQSh bazalari ham hujum uchun ishlatilmaydi. Biz sizning o‘zingizni himoya qilish huquqingizni tan olamiz».

BAA prezidenti Muhammad bin Zoid bilan suhbatda Pezeshkian xorijiy aralashuvlarsiz barqaror mintaqa barpo etishga tayyorligini bildirdi.

Al Nahayyon barcha davlatlarning suverenitetini himoya qilish va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash zarurligini qayd etdi.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan suhbat chog‘ida Pezeshkian ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik «dushmanlar fitnasiga dosh beradi», dedi.

Sharif AQSh va Isroilning Eronga zarba berishini qoralab, tinchlikni saqlashga va barcha ziddiyatlarni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.

Kiritildi: 09:37 25.06.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!