Zaporoje viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning xabar berishicha, Rossiyaning Zaporojedagi jazoni ijro etish koloniyasiga uyushtirgan hujumi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi tan jarohati olgan. Koloniya binosi butunlay vayron qilingan, yaqin atrofdagi xususiy uylar zarar ko‘rgan.
Dnepropetrovsk viloyatining Kamenskoye shahriga Rossiya tomonidan uyushtirilgan raketa hujumi natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohat olgan. Mahalliy harbiy ma’muriyat rahbari Sergey Lisakning ma’lum qilishicha, yaralangan ikki ayol og‘ir ahvolda.