Fransiyalik afsonaviy sobiq futbolchi Emmanuel Peti «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi va «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘rtasida tanlov qila olmasligini aytdi.
«Krishtianu Ronaldu 1000 ta golli chegaraga yaqinlashmoqda, lekin men hech qachon uni Lionel Messi bilan solishtira olmayman. Bu xuddi qaysi superkar sizga ko‘proq yoqishini, qaysi taom yoki qaysi go‘zal ayolni afzal ko‘rishingizni so‘rash bilan bir xil. Messi, Ronaldu, Pele, Diyego Maradona, Mishel Platini, Zinedin Zidan — mendan bunday savol so‘ramang! Men ularning barchasini yaxshi ko‘raman», — dedi Peti Goal nashriga.
Avvalroq, 40 yoshli Ronaldu o‘z faoliyatida 928-golini urgan edi. Uning hisobida klub darajasida 793 ta, Portugaliya terma jamoasi tarkibida esa 135 ta gol mavjud.
Messi esa tarixdagi eng ko‘p sovrin yutib olgan futbolchi hisoblanadi. 37 yoshli argentinalik futbolchining hisobida 46 ta jamoaviy va 56 ta individual mukofot bor.